Suv ob'yektlaridan o'tadigan ko'priklarni, o'tish yo'llarini va boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish loyihalari suv xo'jaligi, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi ob'yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi organlari, favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamda zarur bo'lgan hollarda, energetika organlari, arxitektura va qurilish organlari, transport organlari (daryo transportiga oid qismida) bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek toshqin suvlarini o'tkazib yuborishni, suv ob'yektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning ifloslanishi, bulg'anishi va kamayib ketishi bartaraf etilishini, ularning zararli ta'sirining oldini olishni ta'minlovchi tadbirlar o'tkazilishini nazarda tutishi kerak.
Suvning va suv ob'yektlarining holatiga ta'sir etuvchi suv ob'yektlaridan o'tadigan ko'priklarni, o'tish yo'llarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini ta'mirlash va tiklash loyihalari suv xo'jaligi organlari bilan, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatli organlar bilan kelishib olinishi lozim hamda toshqin suvlarni o'tkazib yuborishni, suv ob'yektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning bulg'anishi va ifloslanishi bartaraf etilishini ta'minlovchi tadbirlar o'tkazilishini nazarda tutishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn144-modda. Suv ob'yektlaridan o'tadigan ko'priklarni, o'tish yo'llarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va tiklash loyihalarini kelishish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.