Water Code

143-modda. Suvning va suv ob'yektlarining holatiga ta'sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa ob'yektlarni ishga tushirishni taqiqlash

Quyidagilarni ishga tushirish taqiqlanadi: suvning ifloslanishi va bulg'anishining oldini oluvchi qurilmalar bilan ta'minlanmagan, shuningdek suvning va suv ob'yektlarining holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan yangi hamda rekonstruktsiya qilingan korxonalar, tsexlar, agregatlarni, kommunal ob'yektlarini va boshqa ob'yektlarni; yerlarning suv bosishi, zax bosishi, botqoqlanishi, sho'rlanishining hamda tuproq eroziyasining oldini oluvchi loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlar o'tkazilguniga qadar sug'orish va suv bilan ta'minlash tizimlarini, suv omborlari va kanallarni; tasdiqlangan loyihalarga muvofiq suv qabul qiladigan va boshqa inshootlarni qurib bitkazmay turib, zax qochirish tizimlarini; tasdiqlangan loyihalarga muvofiq baliqlarni saqlab qolish qurilmalari bo'lmagan suv olish inshootlarini; tasdiqlangan loyihalarga muvofiq toshqin suvlarni va baliqlarni o'tkazib yuboradigan qurilmalari tayyor bo'lmagan gidrotexnika inshootlarini; yer osti suv zaxiralari tasdiqlanmagan guruhli suv olish inshootlarini, shuningdek mineral va termal suv quduqlarini; suvni tartibga solish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamay va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini belgilamay turib, suv chiqarish uchun burg'ilangan quduqlarni. O'zanni tayyorlashga, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga doir loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilmaguniga qadar suv omborlarini suv bilan to'ldirish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.