«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

54-modda. Qo'pol qoidabuzarlik

(54-модда биринчи қисмининг «а» банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo'ladigan litsenziya talablari va shartlarining bir marta qo'pol ravishda buzilishi jumlasiga quyidagilar kiradi: a) sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) uchun: litsenziat uchun qonunchilikda taqiqlangan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish; sug'urta polislarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirmaslik; sug'urta faoliyatini amalga oshirish chog'ida olingan maxfiy axborotni sug'urta qildiruvchining ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; b) sug'urta brokerlari uchun: mijoz uchun manfaatli emasligi oldindan ma'lum bo'lgan sug'urta shartnomasini tuzish va bajarish; sug'urta bo'yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish chog'ida olingan maxfiy axborotni mijozning ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.