Vakolatli davlat organi sug'urta (qayta sug'urta) tashkilotiga, sug'urta brokeriga, ilgari ularga nazorat tarzida javob qaytarish chora-tadbirlari qo'llanilganidan qat'i nazar, quyidagi choralar va sanktsiyalarni qo'llashga haqli:
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shu jumladan sug'urta xizmatlari iste'molchilari huquqlarining buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish to'g'risida ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatma berishga;
sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalar qo'llashga;
litsenziyaning amal qilishini o'n kungacha muddatga to'xtatib turishga;
agar litsenziat litsenziya berishga doir qaror qabul qilinganligi haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e'tiboran o'ttiz kun ichida vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat bojini to'lamagan bo'lsa, litsenziya berishga doir qarorni bekor qilish to'g'risida qaror qabul qilishga;
sug'urta portfelini boshqa sug'urta tashkilotlariga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilishga.
Litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish yoki tugatish tarzidagi sanktsiyani qo'llashning maqsadga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
tavakkalchilikning darajasi, qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning xususiyati hamda ularning oqibatlari;
yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning ko'lami hamda ahamiyati va ularning oqibatlari;
qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning muntazamligi (ikki va undan ko'p marta) hamda davomiyligi;
yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning moliyaviy holatga ta'siri;
aniqlangan qoidabuzarliklar va (yoki) kamchiliklarning yuzaga kelishi bilan bog'liq bo'lgan sabablar;
sug'urta (qayta sug'urta) tashkiloti va sug'urta brokeri tomonidan faoliyatda aniqlangan kamchiliklarni, tavakkalchiliklarni yoki qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil choralar ko'rish.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
53-modda. Choralar va sanktsiyalarning qo'llanilishi
(53-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ 1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.