«Sudlar to'g'risida»gi qonun

85-modda. Sudyalarning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ularga beriladigan kafolatlar

Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o'rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash to'g'risidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin ko'pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi. Sudyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo'lmaganda esa avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.