Sudyaning hayoti va sog'lig'i davlatning maxsus muhofazasida bo'ladi hamda respublika byudjeti mablag'lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug'urta qilinadi.
Quyidagi hollarda sug'urta kompaniyalari (sug'urtalovchilar) sug'urta summalarini to'laydi:
sudya ishlayotgan davrida yoki vakolatlari muddati tugaganidan keyin halok bo'lsa (vafot etsa), agar bu sudya o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor bo'lgan mayibligi yoki sog'lig'ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro'y bergan bo'lsa, uning merosxo'rlariga — sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;
sudya o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo'lib qolganida yoki uning sog'lig'iga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;
sudya o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo'qolishiga olib kelmaydigan darajada mayib bo'lib qolganida yoki uning sog'lig'iga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.
Sudya o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo'lib qolganida yoki uning sog'lig'iga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug'urtasi bo'yicha olingan to'lovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya o'rtasidagi farq tarzidagi kompensatsiya har oyda to'lanadi.
Sudya o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor bo'lgan mayiblik yoki uning sog'lig'iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo'lsa (vafot etsa), uning qaramog'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a'zolariga sudya ish haqining ularning hissasiga to'g'ri keladigan qismi va boquvchisini yo'qotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya o'rtasidagi farq tarzidagi kompensatsiya har oyda, majburiy davlat sug'urtasi bo'yicha olingan to'lovlarni hisobga olmagan holda to'lanadi.
Sudyaning o'z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yo'q qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan moddiy zararning o'rni sudyaga yoki uning oila a'zolariga to'laligicha qoplanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararning o'rnini qoplash bo'yicha to'lovlar respublika byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
84-modda. Sudyalarni va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish choralari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.