Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo iqtisodiy sud raisi:
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi hamda ularning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to'g'risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudining, tumanlararo iqtisodiy sudning raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo iqtisodiy sud raisi yo'qligida uning vakolatlarini rais o'rinbosari bajaradi, u yo'qligida esa, sud raisining vakolatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
41-modda. Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo iqtisodiy sud raisi
(41-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.