Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi qonun bilan o'zining vakolatlariga kiritilgan fuqarolik ishlarini va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqadi.
Jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudi jinoyat ishlarini va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish to'g'risidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish haqidagi, O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya qilish to'g'risidagi, pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash haqidagi, tintuv o'tkazish to'g'risidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi, mol-mulkni xatlash to'g'risidagi, amnistiya aktiga asosan mahkumni jazodan ozod qilish to'g'risidagi iltimosnomalarni va qonun bilan o'zining vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko'rib chiqadi.
Tumanlararo iqtisodiy sud xo'jalik yurituvchi sub'yektlar o'rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan o'zining vakolatlari doirasiga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
40-modda. Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudining, tumanlararo iqtisodiy sudning vakolatlari
(40-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.