O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlari — sudlov hay'atlarining raislari:
ishni taftish tartibida ko'rish zarurligi haqidagi masalani hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay'atlari ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay'atlari faoliyati to'g'risidagi ma'ruzalarni taqdim etadi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay'atlari majlislarida raislik qiladi;
tegishli quyi sudlar faoliyatini tashkil etishga ko'maklashadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini tahlil qilish bo'yicha ishlarni tashkil etadi;
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to'xtatib turadi;
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlari — sudlov hay'atlarining raislari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yo'qligida uning vakolatlarini raisning birinchi o'rinbosari, birinchi o'rinbosar ham yo'qligida esa rais o'rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
31-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlari — sudlov hay'atlarining raislari
(31-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 августдаги ЎРҚ-943-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/943/0616-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.