O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi:
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
ishni taftish tartibida ko'rish zarurligi haqidagi masalani hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
ishni taftish tartibida ko'rish to'g'risida qonunda nazarda tutilgan tartibda protest kiritadi;
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to'xtatib turadi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;
ishni bir suddan boshqa sudga o'tkazish to'g'risidagi masalani hal qiladi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati ko'rib chiqishi uchun ularning vakolatlariga taalluqli bo'lgan masalalarni kiritadi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish to'g'risida, shuningdek sudlar tashabbusi bilan kiritilgan muayyan ishda qo'llanilishi lozim bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to'g'risida, sudlov hay'atlari tarkiblari haqida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
O'zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay'atining (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hay'ati deb yuritiladi) qarorlari, xulosalari ustidan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga taqdimnomalar kiritadi;
rais o'rinbosarlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparatining xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, o'zgartiradi va bekor qiladi;
O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida o'zgartirishlar kiritadi;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha ishlarni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
30-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi
(30-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 августдаги ЎРҚ-943-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/943/0616-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.