«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

6-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi vakolatlari

(6-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi: sog'liqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish; fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi qonunchilik bajarilishini ta'minlash; sog'liqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmog'ini rivojlantirish; birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand bo'la olishini ta'minlash, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash; sog'liqni saqlash xarajatlarini moliyaviy ta'minlashning o'z manbalarini shakllantirish; fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini ta'minlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; atrof muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash; favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog'lig'ini muhofaza etish chora-tadbirlarini ko'rish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko'rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish; sog'liqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sog'liqni saqlash muassasalarida ko'rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish; nogironligi bo'lgan shaxslarning va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta'minlash; oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya ta'limi berishni tashkil etish; sog'liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni rag'batlantiruvchi sharoitlar yaratish; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.