O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi:
sog'liqni saqlash va tibbiy sug'urtaning normativ bazasini, tibbiy yordam sifati va hajmi milliy standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
barcha tibbiy muassasalarning fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risidagi qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshiradi;
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatilishini tashkil etadi;
tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (farmatsevtika faoliyatining yo'nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;
davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy xizmatlar tariflari darajasini tartibga soladi;
O'zbekiston Respublikasi hududida qo'llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi o'z vakolatlari doirasida davolash-profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
5-modda. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining vakolatlari
(5-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 ноябрдаги ЎРҚ-800-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.11.2022 й., 03/22/800/0990-сон — 2023 йил 5 ноябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.