Soliq kodeksi

85-modda. Soliq majburiyati

(85-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliq to'g'risidagi qonunchilik bilan soliq to'lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig'imlarni to'g'ri hisoblab chiqarish hamda o'z vaqtida to'lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir. Soliq to'g'risidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o'ziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e'tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni to'g'ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o'z vaqtida o'tkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi. Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo'lganda yuzaga keladi, o'zgartiriladi va tugatiladi. Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq to'lovchiga soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni to'lashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan e'tiboran yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.