Soliq to'lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, ushbu hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida uch yil saqlashi shart.
Agar soliq to'g'risidagi qonunchilik soliq stavkasini qo'llashni, to'lanadigan soliq miqdorini, soliq imtiyozini yoki soliq chegirmasini qo'llashni va (yoki) soliqni to'lash muddatini o'zgartirishni soliq to'lovchining muayyan shartlarga rioya etishi bilan bog'lasa, ushbu soliq to'lovchi barcha tasdiqlovchi hujjatlarni mazkur shartlarning amal qilishi tugaydigan yildan keyin kamida uch yil saqlashi kerak. Bunday tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu soliq bo'yicha soliq hisoboti, unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek ko'rsatilgan shartlarga yoki majburiyatlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Ushbu qismning qoidalari, agar ko'rsatilgan shartlar yoki majburiyatlar vaqtinchalik tusga ega bo'lsa va ularga rioya etilishini hujjatlar bilan tasdiqlashni talab qilsa, qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati
(84-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 декабрдаги ЎРҚ-891-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.12.2023 й., 03/23/891/0989-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.