Qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan yerlar uchun soliqni to'lash quyidagicha amalga oshiriladi:
aylanmadan soliq to'lovchilar uchun − yillik soliq summasining to'rtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;
aylanmadan soliq to'lovchi bo'lmagan soliq to'lovchilar uchun — yillik soliq summasining o'n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20 yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq davri davomida soliq to'lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to'lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar uchun soliqni to'lash quyidagicha amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 sentyabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
432-modda. Soliqni to'lash tartibi
(432-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-812-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 31.12.2022 й., 03/22/812/1145-сон — 2023 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.