Soliq har bir soliq davrining 1 yanvariga bo'lgan holatga ko'ra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:
qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar bo'yicha — joriy soliq davrining 20 yanvaridan kechiktirmay;
qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'yicha — joriy soliq davrining 1 mayidan kechiktirmay.
Soliq to'lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 427-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o'zgarish bo'lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo'jaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida o'zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan yerlari bo'yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1 dekabriga qadar taqdim etadi.
Ushbu Kodeks 426-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan ob'yektlar joylashgan yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 20 yanvaridan kechiktirmay mazkur ob'yektlarning joylashgan yeri bo'yicha soliq organlariga soliq solish ob'yekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo'lgan yer uchastkalari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma'lumotnomani taqdim etadi.
Ko'p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo'lmagan ko'chmas mulk ob'yektlari bilan band bo'lgan yer uchastkalari bo'yicha soliq turar joy bo'lmagan ko'chmas mulk ob'yektining qavatlar soniga bo'lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
(431-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-812-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 31.12.2022 й., 03/22/812/1145-сон — 2023 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.