Soliq kodeksi

372-modda. Rag'batlantirish xususiyatiga ega to'lovlar

Rag'batlantirish xususiyatiga ega to'lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yillik ish yakunlari bo'yicha pul mukofoti; 2) yuridik shaxsning mukofotlash to'g'risidagi nizomida nazarda tutilgan rag'batlantirish xususiyatiga ega to'lovlar; 3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 4) ta'tilga qo'shimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 377-moddasining 10-bandida ko'rsatilmagan moddiy yordam; 5) ko'p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to'lovlar; 6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to'lov; 7) mehnat natijalari bilan bog'liq bo'lmagan bir yo'la beriladigan mukofotlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.