Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg'armasiga (bundan buyon matnda byudjet tizimi deb yuritiladi) to'lanadigan majburiy beg'araz to'lov tushuniladi.
Yig'im deganda byudjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan majburiy to'lov tushuniladi, bu yig'imning to'lanishi uni to'lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo'ladi.
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to'lovlar, shuningdek ijro ishini yuritish tartibida qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari, qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo'yish soliqlar yoki yig'imlar jumlasiga kirmaydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
16-modda. Soliqlar va yig'imlar
(16-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.