Yuridik shaxslar o'zlari joylashgan yerdagi va ularning alohida bo'linmalari joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qo'yiladi.
Tarkibiga O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan alohida bo'linmalar kiradigan yuridik shaxslar har bir alohida bo'linma joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qo'yilishi lozim.
O'zbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida, kripto-birjalarda va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalarini sotib oladigan norezident bo'lgan yuridik shaxslar birja savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qo'yiladi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va Moliya vazirligi soliq organlarida yirik soliq to'lovchilarni hisobga olishning o'ziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli.
O'zbekiston Respublikasida faoliyatni vakolatxona yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qo'yilishi lozim.
Jismoniy shaxslar o'z yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qo'yiladi.
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar o'ziga tegishli bo'lgan ko'chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlarida, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra hisobga qo'yilishi lozim.
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga ko'ra soliq organlarida hisobga qo'yish tartibi ushbu Kodeksning 129 va 130-moddalarida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
128-modda. Soliq to'lovchilarni hisobga qo'yish
(128-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.