Hisobga olishda har bir soliq to'lovchiga O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona bo'lgan soliq to'lovchining identifikatsiya raqami beriladi va uning hisob ma'lumotlari O'zbekiston Respublikasi soliq to'lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
Adliya organlarida hisobga qo'yilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan kasaba uyushmalarining bo'linmalariga va boshlang'ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to'lovchining identifikatsiya raqami ularning ixtiyoriga ko'ra beriladi.
Ushbu Kodeks 126-moddasining to'rtinchi qismida ko'rsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami soliq to'lovchining identifikatsiya raqami hisoblanadi.
Soliq to'lovchiga identifikatsiya raqamini berish, qo'llash hamda uni o'zgartirish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Soliq organi soliq to'lovchining identifikatsiya raqamini unga yuboriladigan barcha hujjatlarda ko'rsatadi.
Har bir soliq to'lovchi o'zining soliq to'lovchining identifikatsiya raqamini soliq hisobotlarida, soliq organiga taqdim etiladigan arizalar va boshqa hujjatlarda, shuningdek, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ko'rsatadi.
Soliq to'lovchining identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlarda majburiy ko'rsatiladi:
faoliyatning ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun litsenziyalarda;
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo'jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida;
yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv hujjatlarida;
pul, hisob-kitob va to'lov hujjatlarida;
qonunchilikda belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
127-modda. Soliq to'lovchining identifikatsiya raqami
(127-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 13 августдаги ЎРҚ-942-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/942/0612-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.