Soliq kodeksi

106-modda. Soliq majburiyatining bajarilishini ta'minlash usullari

(106-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliq majburiyatining bajarilishi mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati, penyalar, bankdagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarning to'xtatilishi va soliq to'lovchining mol-mulkini xatlash bilan ta'minlanishi mumkin. Soliq to'lovchining soliq majburiyatini bajarish bo'yicha ta'minlash chorasi sifatida mol-mulkni xatlash uning arizasiga ko'ra: 1) qimmatli qog'ozlar uyushgan bozorida muomalada bo'lgan qimmatli qog'ozlarning garovi yoki ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan boshqa mol-mulk garovi bilan; 2) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi shaxsning kafilligi bilan almashtirilishi mumkin; 3) ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan bank kafolati bilan. Ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan amaldagi bank kafolati berilgan taqdirda, soliq organi soliq to'lovchiga ushbu bandda nazarda tutilgan ta'minlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas. Soliq majburiyatining bajarilishini ta'minlash usullari, ularni qo'llash tartibi va shartlari ushbu bobda belgilanadi. O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tish munosabati bilan to'lanishi lozim bo'lgan soliqlar bo'yicha bojxona to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda soliq majburiyatining bajarilishini ta'minlashning boshqa choralari ham qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.