Soliq kodeksi

105-modda. Ortiqcha undirilgan soliqni hisobga olish yoki qaytarish tartibi

(105-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 июндаги ЎРҚ-1071-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.06.2025 й., 03/25/1071/0545-сон)

Ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish yoki qaytarish to'g'risida soliq organiga ariza soliq to'lovchi tomonidan undan soliq ortiqcha undirilgani fakti o'ziga ma'lum bo'lgan kundan yoki sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran uch yil ichida berilishi mumkin. Ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq to'lovchiga ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalari inobatga olingan holda, uning yozma arizasiga ko'ra, bunday ariza soliq organi tomonidan qabul qilingan kundan e'tiboran o'n besh kun ichida, Tadbirkorlik sub'yektlarining yuqori barqarorlik reytingiga ega bo'lgan tadbirkorlik sub'yektlariga esa (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno) unga hisoblangan foizlar bilan birga uch kun ichida (bundan qo'shilgan qiymat solig'i mustasno) qaytarilishi lozim. Ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar soliq to'lovchi undan soliq ortiqcha undirilgani fakti o'ziga ma'lum bo'lgan kundan yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida murojaat etgan taqdirda hisoblanadi. Foizlar undirilgan kundan keyingi kundan e'tiboran haqiqiy hisobga olingan (qaytarilgan) kunga qadar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli byudjet mablag'lari hisobidan to'lanadi. Foiz stavkasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu kunlardagi amal qilayotgan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi. Agar soliq ortiqcha undirilgani fakti aniqlangan bo'lsa, soliq organi ortiqcha undirilgan soliq summasini, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ortiqcha undirilgan summaga hisoblangan foizlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish to'g'risida qaror qabul qiladi. Ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to'lovchining soliq qarzini uzish hisobidan yoki o'sha soliq turi bo'yicha yoxud ushbu Kodeks 103-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan boshqa soliqlar bo'yicha kelgusi to'lovlar hisobidan hisobga olish ushbu Kodeks 104-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida ortiqcha to'langan soliq summalarini hisobga olish uchun belgilangan tartibda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda boshqa soliqlar bo'yicha kelgusi to'lovlar uchun hisobga olish soliq to'lovchining yozma yoki elektron tarzdagi arizasiga ko'ra soliq organlari tomonidan uch kun ichida amalga oshiriladi. Ortiqcha undirilgan soliqni qaytarish tartibi ushbu Kodeksning 104-moddasida ortiqcha to'langan soliq summalarini qaytarish uchun belgilangan tartibga aynan o'xshashdir. Jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya asosida aniqlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining ortiqcha to'langan (ushlab qolingan) summasi soliq to'lovchi bo'lgan jismoniy shaxsga, uning soliq hisobida turgan joyidan qat'i nazar, uning soliq organiga taqdim etgan arizasi asosida qaytariladi. Soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo'yicha ortiqcha undirilgan foyda solig'i summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning mas'ul ishtirokchisiga ushbu moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim. Soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to'g'risidagi shartnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda ushbu konsolidatsiyalashgan guruh bo'yicha mavjud bo'lgan soliq qarzi hisobiga hisobga olinishi lozim bo'lmagan va (yoki) hisobga olinmagan soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo'yicha foyda solig'ining ortiqcha undirilgan summalari soliq to'lovchilar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhining mas'ul ishtirokchisi bo'lgan yuridik shaxsga uning yozma arizasi asosida hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.