Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududlarining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar:
qizil chiziqlarni;
yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini;
yerga egalik qilish, yerdan foydalanish va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralarini;
hududlarning zonalashtirilishini va ularni qurish navbatini;
muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini;
ko'chalar, tor ko'chalar, piyodalarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining hamda hududni obodonlashtirishning ko'rsatkichlarini;
ijtimoiy va madaniy-maishiy ob'yektlarning tarkibi hamda joylashuvini;
qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejalashtirish yechimini, qurish zichligi va ko'rsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligini, turlarini belgilaydi.
Batafsil rejalashtirish loyihasi hududlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn57-modda. Batafsil rejalashtirish loyihalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.