Urban Planning Code

56-modda. Aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari

(56-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 августдаги ЎРҚ-951-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.08.2024 й., 03/24/951/0673-сон)

Aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida: energiya ta'minotini, gaz ta'minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta'minotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini rivojlantirish; transport turlarini rivojlantirish; iqtisodiyot tarmoqlarining ob'yektlarini joylashtirish; hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish; aholining fuqaro muhofazasi; atrof-muhitni muhofaza qilish; madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish; hududlarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish; hududlarni rivojlantirishning boshqa masalalari bo'yicha asosiy ko'rsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.