Chet davlatlarning O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning binolari hamda xodimlari xavfsizligini ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasi hududiga qurolni va uning o'q-dorilarini olib kirish hamda O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O'zbekiston Respublikasi hududida saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Chet davlatlarning O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududiga fuqaroviy qurolni va uning o'q-dorilarini olib kirish hamda O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mazkur qurolni va uning o'q-dorilarini O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatdan o'tkazish, saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish ushbu Qonunda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
30-modda. Chet davlatlarning O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududiga qurolni va uning o'q-dorilarini olib kirish hamda O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O'zbekiston Respublikasi hududida saqlash, olib yurish va ulardan foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.