Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
gazli qurol — ko'zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalarni qo'llash yo'li bilan jonli nishonga vaqtinchalik shikast yetkazish uchun mo'ljallangan qurol;
kalta stvolli qurol — stvolining uzunligi uch yuz millimetrdan va umumiy uzunligi olti yuz millimetrdan oshmaydigan qurol;
pnevmatik qurol — siqilgan, suyultirilgan yoki qotirilgan gazsimon moddaning quvvati hisobiga yo'naltirilgan holda harakatga keladigan aslaha bilan nishonni masofadan turib urish uchun mo'ljallangan qurol;
signal beruvchi qurol — tuzilishi jihatidan faqat yorug'lik, tutunli yoki tovushli signallar berish uchun mo'ljallangan qurol;
sovuq qurol — shikast yetkaziladigan ob'yekt bilan bevosita to'qnashish chog'ida odamning jismoniy kuchi yordamida nishonni urish uchun mo'ljallangan qurol;
sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolar — kasbiy, ishlab chiqarish yoki sport faoliyatida yoxud xo'jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan, sanoat usulida yoki qo'lbola tarzda yasalgan tig'li, kesuvchi ashyolar (pichoqlar, bigizlar va boshqa uchi o'tkirlangan sanchiladigan, kesuvchi ashyolar), jismoniy kuch ishlatganda shikast yetkazishi mumkin bo'lgan ashyolar (beysbol bitalari, softbol o'yini uchun bitalar);
uloqtirish quroli — nishonni aslaha bilan masofadan turib urish uchun mo'ljallangan, odamning jismoniy kuchi yoki mexanik qurilma yordamida yo'naltirilgan holda harakatga keladigan qurol;
o'q-dorilar — qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun mo'ljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud bo'lgan qurol-yarog' ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi;
o'qotar qurol — porox yoki boshqa modda quvvati hisobiga yo'naltirilgan holda harakatga keluvchi aslaha bilan nishonni masofadan turib mexanik urish uchun mo'ljallangan qurol;
o'qotar qurolning asosiy qismlari — stvol, zatvor, o'qdon (baraban), ramka, stvol qutisi;
qurol — tuzilishiga ko'ra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun mo'ljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga o'xshash bo'lgan xo'jalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga o'xshash bo'lgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi;
qurol muomalasi — qurolni va uning o'q-dorilarini, o'qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta'mirlash, realizatsiya qilish, olish, hisobga olish, saqlash, olib yurish, tashish, kollektsiyalash, ko'rgazmaga qo'yish, ulardan foydalanish, ularni olib qo'yish, yo'q qilish, O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek ularni O'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish;
qurol egasi — ushbu Qonun talablariga muvofiq olingan qurol kimning egaligida turgan bo'lsa, o'sha jismoniy yoki yuridik shaxs.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
3-modda. Asosiy tushunchalar
(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 5 ноябрдаги ЎРҚ-645-сонли Қонунига асосан еттинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 06.11.2020 й., 03/20/645/1469-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.