«Qurol to'g'risida»gi qonun

17-modda. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini realizatsiya qilish

(17-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 январдаги ЎРҚ-1111-сонли Қонуни тахририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.01.2026 й., 03/26/1111/0037-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 14 апрель)

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar: fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo'lishi; fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o'q-dorilarining but saqlanishini, ularni saqlash xavfsizligini ta'minlashi; xaridordan muayyan qurol turini olishga doir ruxsatnomani ko'rsatishini talab qilishi; olinayotgan va realizatsiya qilinayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o'q-dorilari hisobga olinishini, shuningdek hisobga olish hujjatlari o'n yil mobaynida saqlanishini ta'minlashi; realizatsiya qilinayotgan o'zini o'zi himoya qilish qurolini, tig'li sovuq ov qurolini va signal beruvchi qurolni, o'qotar ov qurolining o'q-dorilarini ro'yxatdan o'tkazishi; Muayyan qurol turini olishga doir ruxsatnomani taqdim etmagan jismoniy va yuridik shaxslarga fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini, shuningdek raqami va ishlab chiqaruvchining tamg'asi mavjud bo'lmagan qurolni realizatsiya qilish taqiqlanadi. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo'lgan yuridik shaxslarning bitta savdo zalida qurolni va boshqa turdagi tovarlarni realizatsiya qilishi taqiqlanadi, bundan sport, ov va baliq ovlash ashyolari, qurolning ehtiyot qismlari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.