«Qurol to'g'risida»gi qonun

16-modda. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini ishlab chiqarish

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bunday turdagi qurolni hamda uning o'q-dorilarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo'lishi, ishlab chiqarish xavfsizligi talablarini, ishlab chiqarish ustidan nazoratni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va but saqlanishini ta'minlashi shart. Silliq stvolli ov quroli uchun patronlarning anjomlari silliq stvolli ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma asosida shu qurol egasi tomonidan shaxsiy foydalanish uchun ishlab chiqarilishi mumkin. O'qotar qurolni ta'mirlash va uning butlovchi qismlarini almashtirish shu qurolning egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin, bundan o'qotar qurolning asosiy qismlari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.