Qimmatli qog'ozlar bozorida axborot ochiq va oshkoradir, qonunda belgilangan hollarda oshkor qilinadigan maxfiy axborot bundan mustasno.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi, qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar axborotni:
ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish;
hisobotlar, ma'lumotlar va boshqa axborot taqdim etish orqali oshkor qiladi.
Qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi, emitent, fond birjasi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni investorlarga va qimmatli qog'ozlarning egalariga qog'ozda taqdim etganlik uchun axborotdan nusxa ko'chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn43-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida axborotni oshkor qilish to'g'risidagi umumiy qoidalar
(43-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.