Law on the Securities Market

42-modda. Qimmatli qog'ozlarning va hisobga olish registrlaridagi yozuvlarning but saqlanishi kafolatlari

(42-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 октябрдаги ЎРҚ-726-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.10.2021 й., 03/21/726/1001-сон)

Hujjatli qimmatli qog'ozlarning but saqlanishi ularning egalari tomonidan, ular Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga topshirilgan taqdirda esa, mazkur depozitariy tomonidan qimmatli qog'ozlarni saqlash joylarida depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq ta'minlanadi. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining va investitsiya vositachilarining hisobga olish registrlaridagi qimmatli qog'ozlar hamda elektron yozuvlarning but saqlanishi, shu jumladan texnik tizimda nosozliklar va kutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda ularni tezkor qayta tiklash qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadigan tartibda ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.