Law on the Securities Market

16-modda. Qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarni tuzish va ro'yxatdan o'tkazish

(16-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)

Qimmatli qog'ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarni tuzish va ro'yxatdan o'tkazish ularni yozma ravishda (qog'ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qog'ozlarga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonunchilikda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilishi lozim. Uyushgan bozorlarda oldi-sotdi bitimlari tuzilganda ular yuzasidan hisob-kitob qilish muddatlari qimmatli qog'ozlar savdosini tashkil qilish qoidalari bilan, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari bilan belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi. Fond birjasida emissiyaviy qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (bundan emitent mustasno) O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga bitim summasining 0,01 foizi miqdorida yig'im to'laydi. Bunda sotuvchining, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim bo'yicha daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinmaydi. Qimmatli qog'ozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yig'imlar va boshqa to'lovlar to'lashdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.