Qimmatli qog'ozlarni O'zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishga va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ular davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin yo'l qo'yiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O'zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarni O'zbekiston Respublikasi hududida;
O'zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarni, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish hamda muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
Qimmatli qog'ozlarning qiymati O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi, bundan xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish hamda davlat aktsiya paketlarini xorijiy investorlarga fond birjasi orqali sotish hollari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn15-modda. Qimmatli qog'ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi shartlari
(15-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 мартдаги ЎРҚ-1122-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2026 й., 03/26/1122/0250-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.