«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

20-modda. Sug'urta hodisasining to'g'ridan-to'g'ri hal etilishi

Sug'urta hodisasini to'g'ridan-to'g'ri hal etishda sug'urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalangan boshqa shaxs) bo'lgan jabrlanuvchi o'zi bilan majburiy sug'urta shartnomasini tuzgan sug'urtalovchiga hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Sug'urta hodisasini to'g'ridan-to'g'ri hal etish qo'llanilganda aybdor tarafning sug'urtalovchisi jabrlanuvchining sug'urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug'urta tovonini to'lash bilan bog'liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.