Oila kodeksi

61-modda. Ota-onaning arizasi bo'yicha bolaning nasl-nasabini belgilash

Bolaning onasi bilan nikohda bo'lmagan shaxsning otaligi o'zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi. Ona vafot etganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati bo'lmaganda yoki u onalik huquqidan mahrum qilinganda, otalik vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan holda o'zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning arizasiga binoan belgilanadi. Bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa, otalikni belgilash to'g'risidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin. Otalikni belgilash to'g'risidagi ariza bolaning tug'ilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek bola tug'ilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar otalikni belgilash to'g'risida bola tug'ilgandan so'ng er-xotin birgalikda ariza berishining imkoni bo'lmay qolishi yoki mushkul bo'lishini ko'rsatuvchi asoslar mavjud bo'lsa, tug'ilajak bolaning o'zaro nikohda bo'lmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga berishga haqli. Otalikni belgilash rad etilganda, o'zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.