Oila kodeksi

60-modda. Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari

Bolaning shu onadan tug'ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko'ra, bola tibbiy muassasada tug'ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi. Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o'limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so'ng uch yuz kun ichida tug'ilgan bolasi nikohda tug'ilgan bola hisoblanadi. Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug'ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo'lsa, bola yangi nikohda tug'ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.