O'zlarining normativ hujjatlari yoki o'zga hujjatlarni rasmiy nashrlarda, axborotnomalar, byulletenlarda chiqaruvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek o'z faoliyatlari uchun zarur bo'lgan axborot materiallarini hamda hujjatlarni chiqaruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (shu jumladan, o'quv va ilmiy muassasalar) axborotni ro'yxatdan o'tkazmagan holda tarqatish huquqiga egadirlar.
Ommaviy tarqatishga mo'ljallanmagan yoki qo'lyozma tarzida ko'paytiriladigan bosma, video va audiovizual mahsulotni texnikaviy vositalar yordamida tayyorlash ishlarini, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ro'yxatdan o'tkazilish talab qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
14-modda. Axborotni ro'yxatdan o'tkazmagan holda tarqatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.