«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

13-modda. Ommaviy axborot vositalarini ro'yxatga olish to'g'risidagi ariza

Ro'yxatga olish to'g'risidagi arizada ommaviy axborot vositasining: 1) muassisi (muassislari); 2) nomi, qaysi tilda (tillarda) e'lon qilinishi, manzili; 3) maqsad va vazifalari; 4) qanday doiradagi o'quvchiga (tomoshabinga, tinglovchiga) mo'ljallanganligi; 5) davriyligi, hajmi, moddiy-texnika ta'minoti hamda pul bilan ta'minlanish manbalari ko'rsatilishi kerak. Ko'rsatilgan ma'lumotlarda o'zgarish bo'lsa, ommaviy axborot vositasi belgilangan tartibda qayta ro'yxatdan o'tkazilishi shart. O'zgartishlar jiddiy bo'lmagan hollarda ro'yxatga oluvchi organ ommaviy axborot vositasini qayta ro'yxatdan o'tkazish shart emasligi to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin. Ro'yxatga olish va qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun haq qonun hujjatlarida belgilanadigan tartib va miqdorlarda undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.