Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni tasdiqlaydi;
2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to'g'risida guvohnomalar beradi;
5) merosga bo'lgan huquq to'g'risida guvohnoma beradi;
6) meros mol-mulkning qo'riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko'radi;
6¹) mediator vazifasini bajaradi;
7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko'chirmalarning to'g'riligini shahodatlaydi;
8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to'g'ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
10) ko'chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
12¹) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi;
12²) dalillarni ta'minlaydi;
13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
14¹) mualliflik va turdosh huquq ob'yekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
14²) elektron hujjatning qog'oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi;
15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
16) pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
18) pul to'lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo'yicha pul to'lanmaganligini tasdiqlaydi;
19) ijro xatlarini yozadi;
20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;
22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko'chirmalarni beradi.
Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar
(23-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.