«Notariat to'g'risida»gi qonun

22⁹-modda. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi vakolatlari

(22⁹-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o'z vakolatlari doirasida: notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; yagona notarial amaliyotni ta'minlash choralarini ko'radi; notariat to'g'risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi; davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta'sis etadi va tugatadi; muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi; Notarial palata faoliyatiga ko'maklashadi; Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; xorijda foydalanish uchun mo'ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning muhri ko'chirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog'liq bo'lgan boshqa vazifalarni bajaradi; notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomalarni, notarial harakatlarni ro'yxatga olish reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi; notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga ko'rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi; pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qo'shimcha harakatlar ro'yxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko'rsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan ko'chirmalar, ma'lumotnomalarning va arxiv hujjatlarining ko'chirma nusxalari berilganligi uchun to'lovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi; notariuslarning statistik ma'lumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.