Law on the Rights of Persons with Disabilities

42-modda. Mehnat qilishga bo'lgan huquqning amalga oshirilishini ta'minlash

(42-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Nogironligi bo'lgan shaxs odatdagi mehnat sharoitlariga ega tashkilotlarda, nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda, tsexlarda va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqli. Mehnat munosabatlarining barcha shakllariga nisbatan, shu jumladan ishga qabul qilish shartlariga, ishga yollashga, mehnat faoliyatini amalga oshirishga, ishni saqlab qolishga, xizmatda (ishda) lavozim bo'yicha ko'tarilishga, shuningdek xavfsiz mehnat sharoitlari ta'minlanishiga nisbatan nogironlik belgisiga ko'ra kamsitish taqiqlanadi. Nogironligi bo'lgan shaxsning mehnat to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi va ta'tillarda bo'lishi davrida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi, bundan tashkilot to'liq tugatilgan hollar mustasno. Nogironligi bo'lgan shaxslarni tungi vaqtda ishga, shuningdek ishdan tashqari vaqtdagi ishlarga va dam olish kunlari ishga jalb etishga yo'l qo'yilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. I va II guruh nogironligi bo'lgan ishlovchi shaxslarga nisbatan mehnatga haq to'lash miqdori kamaytirilmagan holda qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi belgilanadi va mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.