Law on the Rights of Persons with Disabilities

41-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Nogironligi bo'lgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalarida nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq ta'minlanadi. Davlat kasbga tayyorlash (shu jumladan kasbga tashxis qo'yish va yo'naltirish, shakllantirish va reabilitatsiya qilish), tarbiyalash, o'qitish va takomillashtirish davrida didaktik hamda yo'riqnomaviy material, shu jumladan ko'zi ojizlar uchun materiallar (Brayl alifbosi), ko'rish qobiliyati zaif bo'lganlar uchun ovozli variantdagi harflar, ovozli adabiyot, shu jumladan guruhlarda o'qitish uchun yordamchi ovoz tizimlari, eshitish qobiliyati zaif bo'lganlar uchun mimika va imo-ishora tiliga tarjima bilan ta'minlanishini kafolatlaydi. Sog'liqni saqlash muassasalari tomonidan yengil avtomobillarni boshqarish uchun yaroqli deb e'tirof etilgan nogironligi bo'lgan shaxslarni haydovchilikka tayyorlash maxsus o'quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Kar va kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy o'quv dasturi asosida surdotarjima bilan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.