«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

22-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talab etiladigan hujjatlar

(22-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ro'yxatga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: mazkur nodavlat notijorat tashkilotining rahbar-organi a'zolari har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan yili va joyi, yashash joyi hamda manzilini ko'rsatgan holda ular tomonidan imzolangan ariza; nodavlat notijorat tashkilotining ustavi yoxud vakolatxona yoki filial to'g'risidagi nizom davlat tilida ikki nusxada; ta'sis shartnomasi — nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) uchun; nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish to'g'risidagi ta'sis s'yezdi (konferentsiyasi) yoki umumiy yig'ilishning bayonnomasi yoxud ta'sischining qarori (respublika nodavlat notijorat tashkilotlari uchun tegishli vakolatxonalar va filiallarni tashkil etish, rahbar organlarni hamda boshqa organlarni shakllantirish to'g'risidagi ma'lumotlar ham ko'rsatiladi); joylashgan yeri nodavlat notijorat tashkilotining pochta manzili sifatida foydalanilishi mo'ljallanayotgan ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat; nodavlat notijorat tashkilotini tuzish tashabbuskorlari yoxud uning ta'sischilari to'g'risidagi ma'lumotlar; tashabbuskor fuqarolarning ro'yxati; dastlabki mablag'lar shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat — jamoat fondlari uchun; vasiyatnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi — vasiyatnoma bo'yicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun. Qo'shib yuborish, bo'lish, ajratib chiqarish yoki o'zgartirish shaklida qayta tashkil etish yo'li bilan tuzilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarga ma'lum bo'lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish to'g'risida ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinganligining tasdiqnomasi; qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlari bo'yicha huquqiy vorislik to'g'risidagi qoidalar ko'rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo'shib yuborish va o'zgartirishda) yoki taqsimlash balansi (bo'lish va ajratib chiqarishda); davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilot muhri va shtampi yo'q qilib tashlanganligi to'g'risidagi ma'lumotnomasi (qo'shib yuborish, bo'lish va o'zgartirishda). Davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun hujjatlar ta'sis s'yezdi (konferentsiyasi) yoki umumiy yig'ilish o'tkazilgan kundan e'tiboran ikki oy ichida, jamoat birlashmasi uchun esa bir oy ichida taqdim etiladi. Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro'yxatidan o'tkazish nodavlat notijorat tashkilotining markaziy rahbar organi tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan hujjatlar asosida, shuningdek nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomaning ko'chirma nusxasi asosida tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bosh tashkiloti O'zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun vakolatxona yoki filialning asosiy maqsadlari hamda faoliyat ko'rsatish muddati, shuningdek xodimlarining soni chegarasi ham ko'rsatilgan ariza ro'yxatdan o'tkazuvchi organga taqdim etiladi. Arizaga asosiy tashkilotning rahbarlik qiluvchi markaziy organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi: bosh tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari ko'rsatilgan holda ustavning hamda ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo'yilgan nusxalari; bosh tashkilotning O'zbekiston Respublikasida vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish to'g'risidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filial tashkil etishga), uning nizomini tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga oid belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo'yilgan ma'lumotlar bo'lishi kerak; vakolatxona yoki filial to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) ko'zlangan maqsadlar va vazifalar ham ko'rsatilgan, o'zbek va rus tillaridagi nizom (ustav); bosh tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo'yilgan ishonchnoma; bosh tashkilot faoliyati to'g'risida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo'yilgan axborot; ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish to'g'risidagi rozilik xati; vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari to'g'risidagi ma'lumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami ko'rsatilgan holda; vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari to'g'risida belgilangan shakldagi deklaratsiya.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.