«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

21-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazish

(21-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 21 августдаги ЎРҚ-1083-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.08.2025 й., 03/25/1083/0769-сон)

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, bosh tashkiloti O'zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari, respublika nodavlat notijorat tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkaziladi. Hududiy nodavlat notijorat tashkiloti Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida ro'yxatdan o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo'lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog'idagi oila a'zolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi. Nodavlat notijorat tashkilotini ro'yxatga olgan organ uning faoliyati ustavda belgilangan maqsadlarga hamda O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.