Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash:
O'zbekiston Respublikasining qonuniga nisbatan — O'zbekiston Respublikasining Prezidenti;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaroriga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qaroriga nisbatan — O'zbekiston Respublikasining Prezidenti;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlariga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga nisbatan — O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri;
vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlariga nisbatan — normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ rahbari;
xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga nisbatan — tegishli xalq deputatlari Kengashi raisi;
viloyat, tuman va shahar hokimining qarorlariga nisbatan — tegishli hokim tomonidan imzolash orqali amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
36-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash
(36-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1166-сонли Қонунига асосан олтинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1166/0842-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.