Tartibga solish ta'sirini baholash normativ-huquqiy hujjat loyihasining qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy oqibatlarni va uning tartibga solish maqsadlariga erishilishini, shuningdek amaldagi normativ-huquqiy hujjatning ushbu normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga soluvchi munosabatlarga ta'sirining samaradorligi va natijadorligini aniqlash va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.
Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof muhitga ta'sir ko'rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari tartibga solish ta'sirini baholashdan o'tkaziladi.
Qonun kuchga kirgan kundan e'tiboran besh yil o'tgach, mas'ul davlat organlarining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo'mitalarining tashabbusiga ko'ra qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganligini aniqlash uchun qonunning tartibga solish ta'siri baholashdan o'tkazilishi mumkin. Mazkur jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar ham jalb etilishi mumkin.
Tartibga solish ta'sirini baholash tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
35-modda. Tartibga solish ta'sirini baholash
(35-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 апрелдаги ЎРҚ-1054-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.04.2025 й., 03/25/1054/0329-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.