«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

57-modda. Tegishli hujjatni va uning dublikatini berish

(57-модданинг биринчи — тўртинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tegishli hujjatni berganlik uchun qonunchilikda belgilangan hollarda yig'im olinishi mumkin. Ma'muriy hujjat asosida berilgan hujjatlarni to'xtatib turish, qayta tiklash va qayta rasmiylashtirish tartibi qonunchilikda tartibga solinadi. Berilgan hujjat yo'qolgan yoki yaroqsiz bo'lib qolgan taqdirda, manfaatdor shaxsning arizasiga ko'ra yangi hujjat yoki uning dublikati qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Ma'muriy organ hujjatni yoki uning dublikatini berish to'g'risidagi ariza qabul qilingan kundan e'tiboran besh ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda yangi hujjatni yoki hujjat dublikatini berishi (yuborishi) shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda hujjatning dublikatini berganlik uchun yig'im ma'muriy organ tomonidan arizani odatdagi tartibda ko'rib chiqish uchun to'lanadigan, dublikat berish to'g'risida ariza berilgan sanada amalda bo'lgan summa miqdorining yarmidan oshmasligi kerak. Yangi hujjat yoki dublikat berish uchun yig'im miqdori ushbu harakatni amalga oshirish uchun ketgan xarajatlardan oshib ketmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.