«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

56-modda. Ma'muriy hujjatni tushuntirib berish va uni tuzatish

Ma'muriy organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga ko'ra ma'muriy hujjatning mazmunini o'zgartirmagan holda uni tushuntirib berishi, shuningdek yozuvdagi yo'l qo'yilgan xatolarni va yanglishishlarni ma'muriy hujjatning mohiyatiga daxl qilmagan holda, o'z tashabbusiga yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga ko'ra tuzatishi shart. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat bojlari va boshqa majburiy to'lovlar undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.