«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

49-modda. Ma'muriy ishni majlisda ko'rib chiqishni keyinga qoldirish

Quyidagilar ma'muriy ishni ko'rib chiqishni keyinga qoldirish asoslari hisoblanadi: tegishli tarzda xabardor qilinganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lmagan manfaatdor shaxslardan birining majlisga kelmaganligi; ma'muriy organning ma'muriy ishni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan mansabdor shaxsini rad qilish haqidagi arizaning qanoatlantirilganligi yoki uning yo'qligi; ma'muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi, ma'muriy ishni o'zlarisiz ko'rib chiqish mumkin bo'lmagan manfaatdor shaxslarning majlisda hozir bo'lmaganligi; majlisning vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan manfaatdor shaxslarning ma'muriy organ tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko'ra kelmaganligi. Agar ma'muriy organ majlisga kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoki ma'muriy ishni ko'rib chiqishni manfaatdor shaxs qasddan cho'zayapti deb hisoblashga asoslar mavjud bo'lsa, ma'muriy organ ma'muriy ishni tegishli tarzda xabardor qilingan manfaatdor shaxsning yo'qligida ko'rib chiqishga haqli. Manfaatdor shaxslar ma'muriy ishni ular yo'qligida ko'rib chiqish xususida iltimos qilishga haqli. Ma'muriy organ ma'muriy ishni ko'rib chiqishni keyinga qoldirib, keyingi majlisning vaqti va joyini tayinlaydi, bu haqda hozir bo'lgan shaxslarga tilxat olib e'lon qiladi. Majlisga kelmagan hamda ma'muriy ishni ko'rib chiqishda ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi majlisning vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.