«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

4-modda. Asosiy tushunchalar

(4-модданинг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: manfaatdor shaxs — qabul qilinayotgan ma'muriy hujjat yoki ma'muriy harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma'muriy hujjatga yoki ma'muriy harakatga daxldor bo'lgan yoxud daxldor bo'lishi mumkin bo'lgan shaxs; ma'muriy ish yuritish — ma'muriy tartib-taomil orqali tartibga solingan ma'muriy ishni ko'rib chiqish, ma'muriy hujjatni qabul qilish, uni ma'muriy shikoyat bo'yicha qayta ko'rish, shuningdek ma'muriy hujjatni ijro etish jarayoni; ma'muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) — ma'muriy organning qonunchilik doirasida yo'l qo'yilgan choralardan birini qonuniylikka va maqsadga muvofiqlikka o'zi baho berishi asosida o'z ixtiyoriga ko'ra qo'llash yoki tegishli chorani qo'llashdan voz kechish huquqi; ma'muriy organlar — ma'muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma'muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar; ma'muriy tartib-taomil — ma'muriy organlarning ma'muriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalar; ma'muriy harakatlar — ma'muriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, ma'muriy yoki protsessual hujjat bo'lmagan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi); ma'muriy hujjat — ma'muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o'zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko'ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta'sir chorasi; ma'muriy-huquqiy faoliyat — ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga ko'ra ajratiladigan shaxslar guruhiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqaruv faoliyati; protsessual hujjat — ma'muriy organ tomonidan ma'muriy ish yuritish davomida qabul qilinadigan, ma'muriy ishni mazmunan hal etmaydigan hujjat.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.