«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

39-modda. Ma'muriy ish yuritishni tugatish

(39-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ma'muriy organ quyidagi hollarda ma'muriy ish yuritishni tugatishi shart: ma'muriy ish ma'muriy organda ko'rish uchun tegishli bo'lmasa; ma'muriy ish yuritishning ayni bir ishtirokchilari ishtirokidagi, ayni bir predmet va ayni bir asoslar bo'yicha ma'muriy ish yuqori turuvchi ma'muriy organning yoki sudning ish yurituvida bo'lsa; ma'muriy ish vakolatli ma'muriy organga qayta yuborilgan bo'lsa yoki ma'muriy ish yuritishning ayni bir ishtirokchilari ishtirokidagi, ayni bir predmet va ayni bir asoslar bo'yicha ma'muriy ish mazkur ishni hal qilishga vakolatli bo'lgan boshqa ma'muriy organning ish yurituvida bo'lsa; ushbu ma'muriy organda ma'muriy ish yuzasidan ma'muriy ish yuritishning ayni bir ishtirokchilari bilan, ayni bir predmet va ayni bir asoslar bo'yicha ma'muriy hujjat qabul qilingan bo'lsa; ariza yoki ma'muriy shikoyat uni taqdim etgan shaxs tomonidan chaqirib olinsa; ma'muriy ish yuritish ishtirokchisining huquqiy maqomi (huquqiy holati) o'zgarishi natijasida ma'muriy ish bo'yicha ma'muriy hujjatni qabul qilish mumkin bo'lmay qolsa; ma'muriy ish yuritishni tamomlash uchun ishtiroki zarur bo'lgan manfaatdor shaxslar uzrsiz sabablarga ko'ra kelmasa; manfaatdor shaxs mavjud bo'lmasa va mazkur holatda ishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxs vafot etganligi yoki yuridik shaxs tugatilganligi natijasida huquqiy vorislikka yo'l qo'yilmasa. Ma'muriy ishni yuritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarga ko'ra ham tugatilishi mumkin. Ma'muriy ish yuritishni tugatish protsessual hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Ma'muriy ish yuritishni tugatish haqidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish kuni ichida yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.